
"Humo" muxlislari uchun xushxabar
"Humo" jamoasi hujumchisi Ivan Yatsenko jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Bilasiz, 27 yoshli xokkeychi 12 dekabr sanasida Moskvaning "Zvezda" jamoasi bilan kechgan bahsda jarohat olib safdan chiqqan edi.
Shundan so‘ng "qanotlilar"ning 6 uchrashuvida muzga tusha olmagan hujumchi yana o‘z jismoniy holatini tiklab, jarohatidan forig‘ bo‘lib qaytdi. Yatsenko bugun "Metallurg"ga qarshi bellashuvda ishtirok etish yoki etmasligi shifokorlarning qaroriga bog‘liq.
Ma’lumot uchun, rossiyalik xokkeychi toshkentliklar safida 30 o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta shayba kiritib, yana 10 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar