"Humo" KXLda o‘ynagan xokkeychilarni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 4 yanvar, 2020, 22:33
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Bundan bir necha kun oldin Toshkentning "Humo" jamoasi Mintaqaviy Xokkey ligasi (KXL)da faoliyat olib boradigan Novosibirskning "Sibir" klubi bilan hamkorlik o‘rnatgani borasida xabar bergan edik.

Tecno

Bugun mazkur hamkorlik doirasida ikki xokkeychi "qanotlilar" safiga kelib qo‘shildi. Bular himoyachi Vladislav Naumov va hujumchi Maksim Kazakovlardir. Naumov toshkentliklar safida 15, Naumov esa 68-raqam ostida harakat qiladi.

Bizning ma’lumot

Vladislav Naumov

naumov-card

Tug‘ilgan yili: 26.11.1996

Ampluasi: Himoyachi

Bo‘yi: 181

Vazni: 85

Chavgon ushlashi: chap qo‘l

Tyumen xokkeyi tarbiyalanuvchisi.

"Sibir" – 183 o‘yin, 29 ochko (9 gol +20 golli uzatma), 100 jarima daqiqasi


Maksim Kazakov

kazakov-card

Tug‘ilgan sanasi: 27.03.1993

Ampluasi: Hujumchi

Bo‘yi: 174

Vazni: 83

Chavgan ushlashi: o‘ng qo‘l.

Omsk xokkeyi tarbiyalanuvchisi

"Avangard", "Metallurg" Novokuznetsk, "Admiral" va "Sibir" safida – 248 o‘yin, 85  ochko (53 gol +32 golli uzatma), 134 jarima daqiqasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!