
"Humo" jamoasida o‘ziga xos an’ana joriy etildi (video)
Endi toshkentliklarning har bir o‘yinidan so‘ng jamoa a’zolari o‘sha bahsda eng yaxshi harakat qilgan sheriklarini aniqlashadi va unga o‘zbek milliy bosh kiyimi - do‘ppi sovg‘a qilinadi.
Mazkur an’ana kechagi uchrashuvdan so‘ng yo‘lga qo‘yildi. Xitoyning "OERJI" jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda 1 ta shayba kiritib, yana shunchasiga assistentlik qilgan Artyom Voronin jamoadoshlari tomonidan e’tirof etildi.
Fikrlar