
"Humo" bugun "KRS-BSU"ga qarshi o‘ynaydin
"Humo" jamoasi bir necha kun avval Xitoydagi ilk o‘yinini Pekinning "ORDJI" jamoasiga qarshi o‘tkazib, raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Xokkey bo‘yicha Toshkentning "Humo" jamoasi Oliy hokkey ligasi doirasida Xitoy klublariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazmoqda.
Bugun, 25 noyabr kuni "Humo" klubi Pekinning boshqa bir jamoasi – "KRS-BSU"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Humo" shu kungacha OXL doirasida 26ta o‘yin o‘tkazgan va 28 ochko to‘plagan holda 19-o‘rindan joy olgan. "KRS-BSU" esa 27ta o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, jadvalning 31-pog‘onasidan o‘rin egallagan.
Fikrlar