Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 24 mart, 2019, 23:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Mazkur yig‘ilishning o‘tkazishdan asosiy maqsad, O‘FA huzuridagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati hamda Xalqaro musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, akademiya bitiruvchilarining kelajakdagi taqdiri, akademiyalarda marketing tizimini joriy etish va boshqa masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Shuningdek, O‘FA huzuridagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari hamda murabbiylari uchun “English For Football” ingliz tili o‘quv-dasturini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mutaxassis Sa’dulla Muzaffaparov taqdimot o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bundan tashqari yig‘ilganlarga  Gulmira Devyatova tomonidan “O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish” mavzusi yuzasidan ma’ruza o‘qib eshittirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!