
Hozirda eng kuchli himoyachilar ro‘yxati e’lon qilindi
"Give Me Sport" internet portali mutaxassislari futbol ishqibozlari uchun yana bir qiziqarli "o‘nlik" e’lon qilishdi. Bu safar reyting hozirgi kundagi eng kuchli markaziy himoyachilarga bag‘ishlandi.
Ekspertlar "Liverpul" va Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk birinchi o‘ringa qo‘yishdi. Ikkinchi "Arsenal" futbolchisi Uilyam Saliba, uchinchi esa, "Real" himoyachisi Antonio Ryudiger bo‘ldi.
Bundan tashqari o‘nlikka Aleksandr-Arnold ("Liverpul"), Gabriel ("Arsenal"), Gvardiol ("Manchester Siti"), Konate ("Liverpul"), Ruben Dias ("Manchester Siti"), Kubarsi ("Barselona") va Bastoni ("Inter") kabi himoyachilar o‘rin olishdi.
Fikrlar