Hokimning haqorati, "Nasaf" hamda "Navbahor" o‘rtasidagi farq va nosvoy otadigan futbolchilar haqida Ivan Solovyov bilan intervyu (video)

  • 6 oktabr, 2022, 18:36
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" yarim himoyachisi Ivan Solovyov "Blogbaster" "Youtube" kanaliga katta intervyu berdi. Ushbu suhbat davomida futbolchi qanday qilib O‘zbekistonga kelib qolgani va bu erda nimalar uni hayron qoldirganini aytdi.

Tecno

– Qanday qilib O‘zbekistonga kelib qolding?

– "Sochi"da o‘ynab yurardim. Ta’tilda Igor Golban menga havaskor turnirda o‘ynashni va undan keyin O‘zbekistonga borishni taklif qildi. Qancha to‘lashlari bilan qiziqdim, qarasam yaxshi. Keyin "Kel, harakat qilib ko‘ramiz", dedim.

Sharq - bu juda nozik masala. Jamoaga kelib, yig‘inda qatnashdim. Klub direktori "Sen bizga kerakmassan", dedi. Ammo Kanchelskis mening tarafimni oldi. Menga 6 oylik shartnoma berishdi, biroq 1 yillik bitim imzoladim. Namanganda 3 yil qoldim. Hozir Qarshiga kelganman. Xudo xohlasa, bu mavsum chempion bo‘lamiz.

– "Sochi" Premer-Ligaga chiqishga yaqin edi. Sen esa ketding. Murabbiy Aleksandr Tochilin nima dedi?

– Meni sotish yoki ijaraga berish haqida mish-mishlar yurardi. Men bunga rozi edim. Tochilinga kelib, O‘zbekistondan bo‘layotgan taklif haqida, u erda ko‘proq ishlab topishim mumkinligini aytdim. U esa bizni tugallanmagan ishimiz, ya’ni RPLga chiqishimiz kerakligini aytdi.

Menda "Nijniy"dan ham taklif bor edi. Dmitriy Cherishev jamoasiga borishga yaqin edim. "Sochi" rahbarlaridan biri kelib, "Mening agentim bilan shartnoma imzola va seni "Nijniy"ga tekinga qo‘yib yuboramiz", dedi. Maoshimning 15 yoki 20 foizini unga berishim kerak edi. Bunday ishlar menga yoqmaydi. Shu sababli, O‘zbekistonga borishga qaror qildim.

– Rossiya chempionatiga qayta olmasligingni o‘shanda tushunganmiding?

– Ortga qaytish qiyinligini bilardim. Lekin o‘zimni legioner maqomida sinab ko‘rishni istadim. Biz xorijlik futbolchilarga aqlbovar qilmas darajada maosh beramiz, ularning ketini tozalab qo‘yishmaydi, xolos. Men bularning barini his qilib ko‘rishni xohladim. Legioner - hamma joyda legioner. Agar sen o‘ynab tursang, halq yaxshi ko‘radi. Bular ketishga arziydi.

– 3,5 yil ichida qaytish uchun biror variant bo‘lmadimi?

– FNLdagi vaqtida "Krilya"dan taklif bo‘ldi, biroq borishni istamadim. Sababi "Maoshning bunchasini bizga berasan", deyishdi. Agentimning aytishicha, u erda gangster biznesi bor, aralashmaslik yaxshiroq ekan.

Men unday qilmasligimni aytdim. Agar hech kimga pul berilmasa, bu yaxshi. Misol uchun, 2 million maosh olasan va uning yarmini qaytarasan, buni menga nima keragi bor? Klubni inqirozga olib kelishga to‘g‘ri keladi. Bu xunuk va noto‘g‘ri.

– Agar "Krilya"ga borib, maoshingni yarmini berganingda ham "Navbahor"dan ko‘ra ko‘proq olarmiding?

– Ha.

– O‘zbekistonda birinchi kunlardan nima seni hayron qoldirdi?

– Taksichilarning gapirishdan to‘xtamasliklari. Har bir mashina haydovichisi fohisha kabi signal chaladi. Bu meni hayron qoldirdi. Uch oy urushib yurdim, keyin, o‘rganib qoldim.

– Sen Namangan jamoasi tarkibiga qo‘shilding. Kanchelskis vazifasidan ozod etildi va 3 oy o‘tib, yana qaytarildi. O‘zi u bilan nima ro‘y bergandi?

– "Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan hokim hammani yig‘ib, "Kanchelskis iste’foga chiqarildi", dedi. Biz hayron o‘tirardik, qanday qilib? Nima uchun? Vayronagarchilik. Otani oiladan tortib olgandek bo‘ldi. U stadionda edi. Bellashuv oldidan ruhan zaif ekanligimizni ko‘rsatmasligimizni aytdi. Biz hotirjam 3:1 hisobida g‘alaba qozondik.

Uni qaytarishganda, biz o‘lib bo‘lgandik. Mavsum yakunlandi, yig‘inga yo‘l oldik. Karantingacha 3-o‘rinda edik, 4 oy maosh berishmadi. Bizni nonushta bilan ovqatlantirishdi. U yigitlarni himoya qilardi, rahbarlardan qo‘rqmasdi va doim yuziga rostini gapirardi. Rahbariyatga bu yoqmadi va kavlashni boshlashdi.

solov

– O‘zbekistonda boshqaruv uslubi qanday?

– Hokim xohlaganini qiladi. Masalan, bizda Miller Arshavinga kelib, "Seni qoziqqa o‘tqazish kerak", deyolmaydi. Bu erda umuman boshqacha munosabat qilishadi.

– "Navbahor" rahbariyatining eng qattiq tanqidi qanday bo‘ldi?

– Avvalgi hokim davrida har o‘yindan keyin tanqid bo‘lardi. Agar yutqazsak, barchasi tamom. Mabodo durang o‘ynasang ham birinchi taymdan keyin kirib, "Qani yuguringlar" derdi.

Eng og‘iri "Andijon"ga 0:1 hisobida yutqazganimizda ro‘y berdi. Hokim kirib kelib, "Hammangizni #####, lekin o‘zimni bulg‘ashni xohlamayman. Hatto sizlarga tayoq ham hayf". Kanchelskisni ham haqorat qilgandi. "Sen oddiy jismoniy tarbiya o‘qituvchisisan, borib institutda bollarga mashg‘ulot o‘t", degandi. Shundan keyin, hokim Farg‘onaga ketdi.

– U mast holatdamidi yoki hushyor?

– Hushyor. Shunchaki u futbolni juda yaxshi ko‘rardi va qayg‘urardi. Futboldan tashqarida hech qachon bunday bo‘lmagan. Hammasi hissiyot tufayli. Qolaversa, bu derbi edi.

– Hakamlik saviyasi qanday?

– Hakamlik hamma joyda og‘riqli muammo. O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham. Agar sizga yordam berishsa, yaxshi hakamlik qilishayotgan bo‘ladi. Agar aksi bo‘lsa, yomon. Hechqisi yo‘q, hakamlar yaxshi. Hozir avvalgidan ancha yaxshilangan. VAR yo‘qligida g‘alati hakamlik qilishardi.

– Ishtirokingdagi eng dahshatli bahs esingdami?

– Namanganda "Paxtakor"ga qarshi o‘ynagan edik. 95-daqiqada bahsli vaziyat sodir bo‘ldi, hisob 1:1 edi. Hakam VARni ko‘rishga bordi. Unga penalti belgilamasligini aytdim. Agar belgilasa, stadion oyoqqa turardi. U esa "Hammasi yaxshi", dedi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Gol bo‘ldi va hakam hushtagi yangradi. Tribunadan hamma narsa maydonga qarab uchdi: shisha idishlar, "zajigalkalar", telefonlar, "zaryadchiklar", nosvoy. U 3 soatda ham chiqib keta olmadi. Odamlar stadion yonida turib, hech kimni tashqariga chiqarmadi.

solovyov

– Nima sababdan qishda "Nasaf"ga ko‘chib o‘tding?

– Har yili ular "endi hammasi yaxshi bo‘ladi", deyishdi, uch yil davomida bir xil gap. Nimadir o‘zgarishiga ishonmadim. "Nasaf" varianti paydo bo‘lishi bilan "Ha" dedim. Sababi, bu - O‘zbekistonda to‘pni boshqaradigan, kombinatsion futbol o‘ynashga intiladigan yagona jamoa.

– "Nasaf" kubokda g‘alaba qozondi va OChLga yo‘l oldi. Guruh bahslari aprel oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazildi. Nima uchun Osiyoda "uy-mehmon" tizimiga qaytilmadi?

– Hammasi koronavirus sababli.

– Mehmonxona – stadion - o‘yin - mehmonxona?

– Xuddi shunday yashadik. Ramazon bayrami sababli do‘konlar kunduzi yopilgan, ular faqat kechasi ishlardi. Do‘konga chiqardim va yana mehmonxonaga. Shunday tarzda 26 kun o‘tdi.

– Evropa va Osiyo Chempionlar ligasining farqi nimada?

– Evropada hamma narsa tezroq. Osiyoda esa o‘ynashga imkon berishadi: xotirjamlik bilan to‘pni olasiz, boshingizni ko‘tarasiz va uni uzatasiz. Evropada bunday qilolmaysiz: boshingizni ko‘targuningizgacha, ular sizni darhol "eb qo‘yishadi".

ivann_1

– Taksi haydovchilari bir necha bor nos otib olganini ko‘rdim. O‘zbekistonda bu odatiy holmi? 

– Bizda taksichilar sigareta chekishadi, bu erda nos. Aytishlaricha, nosni taqiqlasharmush. U holda, nos otadiganlar nima qiladi, bilmayman.

– Futbolchilar ham nos otadimi?

– Albatta. Bu O‘zbekistonga xos hususiyat. Mahalliy yigitlarning barchasi chekadi.

– O‘zing otib ko‘rmaganmisan?

– Rossiyada yashagan vaqtimda chekib ko‘rganman. Hozir, zamonaviy turlari chiqib ketgan, nosvoy esa eskirgan.

– Sen 3,5 yildan beri O‘zbekistondasan. Pasport olish uchun yana qancha vaqt kerak?

– Bir yil. Umumiy hisobda besh yil bo‘lishi lozim.

– Agar senga O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash taklif qilinsa, qabul qilasanmi?

– Ha, albatta, qabul qilaman. Men deyarli 4 yildan buyon shu erdaman. O‘zbekiston mening ikkinchi o‘yimga aylangan. Bu erda do‘stlarim ko‘p. Shu sababdan, bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilaman va o‘ynayman.

– Bu erda oilang va uylaring bor. O‘zingi Rossiyadan ko‘ra ko‘proq O‘zbekiston bilan bog‘laysanmi?

– Rossiya mening uyim. Otam-onam o‘sha erda. U doim birinchi bo‘lib qoladi. Nima uchun Rossiya termasiga kira olmasam, bu erda fuqarolikni qabul qilib, milliy terma jamoada o‘ynamasligim kerak? Shunday imkoniyat bo‘lsa, nega dengiz qirg‘og‘ida ob-havoni qanday bo‘lishini kutish kerak. Imkoniyat bormi, foydalan, tamom.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
07/10/2022 13:44
Яшанг хоким, энди Фарғона вилояти футбол клублари ўйини ривожланяпти
Ishoq Ruziev
07/10/2022 10:12
Ivanni uzatmasidan keyin Sherzod Baniyas darvozasiga gol urgandi, OChL da uning ham hissasi bor
&
салахидин
07/10/2022 09:04
Сендай хоинлар Узбекистонга керак эмас
Кахрамонжон Сафаров
06/10/2022 19:33
Сухбат утказган журналимт узи хам мастми дейиан ахмокона ва телба-тескари саволлар ва жавоблар хам тупой журналистга уринсиз жавоб кайтарилибди , диплом эмас фикрлаш хамда аклий холат билан сухбат утказиб интерьвю олиш керак тупой номи журналистлар куйиб кетяпди алло.. бухоро