
Hindistonga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?
Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Termamiz safida dastlab Abbosbek Fayzullaev 4-daqiqada bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeev darvoza ustunidan qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Taym so‘nggiga yaqin Nasrullaev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "SofaScore" portali bellashuvdan so‘ng futbolchilarni baholab chiqdi. Eng yuqori ballga esa Abbosbek Fayzullaev munosib deb topildi - 7.9.
Fikrlar
энг яхши уйинчиси булиб,кайт.Бунинг учун сенда хамма нарса етарли.Омадингни берсин.