
Here we go! Palinya "Bavariya" futbolchisi
"Bavariya" vanihoyat "Fulxem"dan Joau Palinyani sotib olish arafasida turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, myunxenliklar ushbu transfer uchun 50+5 million evro sarflaydi. Yarim himoyachi bilan esa 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Palinyani o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakatni o‘tgan yili yozda boshlagandi, lekin londonliklar bilan kelisha olmagan. Endi jamoa 2024/25 mavsum uchun Joauni ro‘yxatda o‘tkazadi.
Palinya 2022 yili 22 million evaziga "Sporting"dan "Fulxem"ga ko‘chib o‘tgandi. Yakuniga etgan mavsumda portugaliyalik futbolchi jamoasi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushadi.
Fikrlar