Here we go! Netu "Chelsi" futbolchisi

  • 10 avgust, 2024, 07:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" transferlar oynasida juda ham aktiv bo‘lmoqda. Jamoaning keyingi transferi "Vulverxemton" a’zosi Pedro Netu bo‘ladi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. Portugaliyalik vinger uchun "aristokratlar" "bo‘rilar"ga 60 million funt to‘laydi. Futbolchi bilan esa 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. 

Netu 2019 yildan beri "Vulverxempton" tarkibida to‘p tepib keladi. U so‘nggi mavsumida jamoasi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi. 

Ma’lumot uchun, 24 yoshli vingerning transfer narxi 55 million evroga tengdir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!