
HERE WE GO! De Ligt "Bavariya" futbolchisi
"Bavariya" jamoasi "Yuventus" himoyachisi Matteys Di Ligtni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, myunxenliklar niderlandiyalik fulbek uchun Turin klubiga 70 million evro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada 10 million evro bonus ham mavjud.
Turinliklar De Ligt o‘rnini "Vilyarreal" a’zosi Pau Torres bilan to‘ldirishni rejalashtirgan.
U o‘tgan mavsum "Yuventus" safida A Seriyaning 31 o‘yinida maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 1 golga assist vazifasini bajardi.
Fikrlar