
Havaskor va professional boks birlashgan "IBA Pro Series" musobaqasi ilk oqshomida Bahodir Jalolov ishtirok etadi. Jang sanasi va raqib ma’lum...
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) professional va havaskor boksni birlashtirgan holda yangi musobaqalar seriyasi - "IBA Pro Series"ni tashkil etish arafasida turibdi.
2023 yildan boshlab yo‘lga qo‘yiladigan ushbu seriyada shartomaga ko‘ra professional bokschilar ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Jang kechalarida ishtirok etish orqali bokschilar reyting ochkolarini jamg‘arib boriladilar.
"IBA Pro Series"ning ilk ko‘rgazmali kechasi 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida, Global boks forumi doirasida "Chempionlar oqshomi" nomi bilan tashkil etiladi.
Unda o‘zbekistonlik Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov Bahrayn davlatidan ilk Olimpiada ishtirokchisi Danis Latipovga qarshi jang o‘tkazadi.
Shuningdek, ikki karra jahon chempioni, Olimpiada o‘yinlari kumush medal sovrindori, fantsiyalik Sofian Umiya Evropa o‘yinlari sovrindori, Armaniston vakili Karen Tonakanyanga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu oqshomda jami 11 ta jang bo‘lib, erkaklar uchun 3 daqiqadan 5 raund, ayollar uchun 2 daqiqadan 5 raund etib belgilangan. 2023 yildan boshlab esa bu 7x3 va 7x2 formatida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Erkaklarda 13 ta vazn, ayollarda 12 ta vazn toifasida bo‘yicha janglar tashkil etiladi va bokschilar reyting ochkolarini jamg‘arib boriladilar.
Ushbu seriya bo‘yicha yanada ko‘proq ma’lumotlar tez orada IBA tomonidan e’lon qilinadi.
Fikrlar