Har bir uchrashuvda gol urayotgan hujumchisiga jiddiy xaridor chiqdi

  • 9 sentabr, 2024, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh ikki mavsumdan beri Portugaliya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda.

Tecno

“Sporting”ning 26 yoshli futbolchisi yangi mavsumdagi dastlabki to‘rtta o‘yinda raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilib ulgurdi.

Dyokereshga “Chelsi” anchadan beri jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘yinchining agenti Ali Dursun yaqinda Londonga keldi. Manbalar uning “aristokratlar” bilan muzokara o‘tkazganini taxmin qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar har bir uchrashuvda gol urayotgan hujumchi uchun 84,5 million funt tikishga tayyor.

Dyokeresh uchun Angliya futboli begona emas. Hujumchi bir necha yil davomida Angliya chempionatida “Brayton”, “Suonsi”, “Koventri” kabi jamoalar sharafini himoya qilganidan keyin 2023 yili yozda “Sporting”ga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!