
Hamma murabbiylar Emeridan o‘rgansin!
"Vilyarreal" Evropa ligasining chorak final bosqichida Zagrebning "Dinamo" (1:0, 2:1) klubini har ikkala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, "sariq suv osti kemasi" ustozi Unai Emeri faoliyati davomida 6-marta Evropa ligasi (UEFA Kubogi) yarim finaliga chiqdi. Bu esa murabbiylar orasida eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi. Shu kunga qadar hech bir mutaxassis ushbu musobaqada bu qadar ko‘p yarim finalga chiqmagan.
Emeri Evropa ligasida g‘alaba qozonish bo‘yicha ham katta tajribaga ega. U "Sevilya" bosh murabbiyi sifatida qatorasiga 3 yil (2014, 2015, 2016) ushbu turnirda g‘olib bo‘lgan.
"Vilyarreal" yarim finalda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalarning dastlabki o‘yini 29 aprel kuni, javob uchrashuvi esa 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar