Hamma kutgan jang: Aleks Pereyra - Magomed Ankalaev !

  • 1 noyabr, 2024, 12:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC promousheni braziliyalik Aleks Pereyra bilan aloqaga chiqib, 8 dekabr kuni "UFC 310" turnirida rossiyalik Magomed Ankalaev bilan jang qilishni taklif qildi. "Poatan" ning o‘zi hali hozircha aniq qarorga kelgani yo‘q, ammo uning tez orada javob berishi kutilmoqda. Bu haqda "MMA Mania" portali xabar berdi.

Tecno

Avvalroq, "UFC 310" turnirining asosiy to‘qnashuvi - Belal Muhammad va Shavkat Raxmonov jangi bekor qilindi. Bunga yarim o‘rta vazndagi UFC chempionining oyog‘iga infeksiya tushganligi sabab bo‘lgan. Shu bois ham promoushen bu o‘rinni Aleks Pereyra va  Magomed Ankalaev jangi bilan to‘ldirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ankalaev yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!