
Hamma kutayotgan Xavi “Barsa”ga boshqa zo‘r murabbiyni tavsiya qildi
“Barselona” rahbariyati va muxlislari jamoani qabul qilib olishini orzu qilayotgan Xavi bu o‘ringa boshqa munosib nomzodni tavsiya qildi.
- Germaniya terma jamoasi menga “Barselona” va Ispaniya terma jamoasini eslatadigan futbol tushunchasini yaratdi. Shu bois, Bundestimni boshqarayotgan Yoaxim Lyov “Barselona” bosh murabbiyligiga munosib nomzod. Hamma gap uning futboldagi qarashlari va shaxsiyatida, - dedi ayni paytda Qatarning “As-Sadd” jamoasiga ustozlik qilayotgan Xavi.
Ma’lumki, Yoaxiv Lyov Bundestimdagi uzoq muddatli faoliyatidan keyin yozda bo‘ladigan Evropa chempionati yakunlanishi bilan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi. 2006 yildan beri terma jamoa bilan ishlagan germaniyalik mutaxassis ayni paytda ispan tilini o‘rgatmoqda.
“Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta avvaliga jamoa bosh murabbiyini almashtirishga tayyorligini bildirgan edi. Biroq, Ronald Kuman bilan suhbatlashganidan keyin niderlandiyalik mutaxassisga kelasi mavsumda ham imkon beradigan bo‘ldi.
Fikrlar