
Hamma hokimlar Jahongir Ortiqxo‘jaevdan o‘rnak olishi kerak
Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi aktsioneri hisoblangan hamyurtimiz Kozim Aripov saytimizga bergan eksklyuziv intervyusida “Paxtakor” boshqaruvini Jahongior Ortiqxo‘jaev olgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
-Bilishimcha, “Paxtakor” boshqaruvini mening qadrdon ukam Jahongir Ortiqxo‘jaev olibdi. Men u bilan juda ko‘p bor Germaniyaga birga uchganman. U futbolni juda yaxshi ko‘radi va yaxshi tushunadi. U bilan o‘zaro suhbatlarimiz davomida futbol haqida tushunchalari yaxshi ekanini bilganman. Xudo xoxlasa, u kelgach “Paxtakor”da yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘ladi.
Shu fursatdan foydalanib, boshqa hokimlar ham Jahongirdan o‘rnak olib, kuniga 15-20 daqiqa vaqt ajratishsa, futbolimiz cho‘qqiga ko‘tariladi.
Kozim Aripov bilan uyushtirilgan intervyuning to‘liq variantini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar