
Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ga sobiq legionerlar qaytganini tasdiqladi
“Qizilqum” 14 yanvarda Navoiyda mashg‘ulotlarni boshlashi ma’lum bo‘ldi. Tarkibda esa tabiiyki o‘zgarishlar bo‘lishi shubhasiz.
Yaqinda AGMKning gruziyalik hujumchisi Mate Vattsadzening yana “Qizilqum”ga qaytayotgani haqida xabar bergandik. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topdi. Negaki, “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uning “Qizilqum”da to‘p surishini tasdiqladi.
Shuningdek, u Vattsadzedan tashqari, Elguja Grigalashvilini ham klubga qaytganini ma’lum qildi. Gruziyalik ikkala futbolchi ham AGMKga aynan “Qizilqum”dan ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan yilgi chempionatda Vattsadze 5 ta, Grigalashvili esa 7 ta gol urdi.
Fikrlar