Hamidjon Aktamov: "Qizilqum" o‘z oldiga hech qachon mag‘lubiyatga uchrash vazifasini qo‘ymaydi

  • 15 mart, 2021, 18:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Teng kurashlar ostida kechgan o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

Tecno

Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida navoyiliklar murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Avvalambor, hammani chempionatimiz o‘yinlari qaytgani bilan tabriklayman. Bugun jangovar futbol guvohiga aylandik. Har ikki jamoa g‘alaba uchun maydonga chiqqandi. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik.

Futbol shunisi bilan qiziq. Durang ham yomon natija emas deb o‘ylayman. Doimo bir fikrda qolaman, biz o‘yindan o‘yinga o‘z o‘yinimizni rivojlantirib boramiz. Yaqin turlar ichida barcha jamoalar teng kuch bilan harakat qiladi. Klubga kelgan yangi futbolchilar uchun ham biroz vaqt kerak.

"Qizilqum" o‘z oldiga hech qachon mag‘lubiyatga uchrash vazifasini qo‘ymaydi. Bu mavsum medallar uchun kurash olib borishni maqsad qilganmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!