Hali Messi kelmay turib, chiptalar narxi 16 baravar ko‘tarildi

  • 9 iyun, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” argentinalik yulduz Lionel Messini kelishini e’lon qilganidan keyin ushbu jamoaning o‘yinlari uchun chipta narxi qariyb 16 karra oshdi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, shu paytga qadar 29 dollarni tashkil qilgan chiptalarni endi futbol ishqibozlari 467 dollardan sotib oladi.

Messi “Inter Mayami” bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Hamkorlikni rasmiylashtirish marosimi 1 iyulga belgilangan.

Shu tariqa, Lionel Messining Evropa futbolidagi qariyb 20 yillik faoliyati yakuniga etdi. Endi u “ko‘hna qit’a”da o‘rgangan mahoratini Amerikada namoyish qiladi. Bu transfer Amerika futboliga ijobiy ta’sir qilishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!