Hakimi (Messiga qarshi o‘yin haqida): "Maydonda do‘stlar bo‘lmaydi"

  • 24 iyun, 15:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi PSJ va "Inter Mayami" o‘rtasidagi 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichi haqida fikr bildirdi. Amerikaliklar safida parijliklarning sobiq yulduzi Lionel Messi harakat qilmoqda.

Tecno

"Messiga qarshi o‘ynash juda zo‘r bo‘ladi. Biz Parijda ikki yil birga to‘p surdik — bu ajoyib davr edi. Biroq, maydonda do‘stlar bo‘lmaydi. Messi ham g‘alaba qozonmoqchi, biz ham" — dedi Hakimi "Lequipe" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, PSJ va "Inter Mayami" jamoalari o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi 29 iyun, yakshanba kuni soat 21:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!