
Hakamlar uchun amaliy va nazariy yig‘in o‘tkazildi
Kecha, 4 sentyabr kuni futbol hakamlari uchun ikkinchi davra oldidan amaliy va nazariy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi.
Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov so‘zga chiqib, hakamlik masalasi va sohani yanada rivojlantirish dolzarb ekanini ta’kidladi. Shuningdek, hakamlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Hakamlarga barcha uchrashuvlarni adolatli boshqarish, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish, yanada sifatli faoliyat olib borish bo‘yicha tushuncha va maslahatlar berildi. Shundan so‘ng nazoratchilar boshchiligida nazariy mashg‘ulotlar olib borildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa amaliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi va unda hakamlar o‘zining jismoniy holatini sinovdan o‘tkazdi.
Fikrlar