Hakamga qo‘pollik qilgan “Milan” yulduzi bir-nechta o‘yinga chetlatildi

  • 8 oktabr, 2024, 18:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan "Fiorentina”-“Milan” (2:1) uchrashuvi yakunlangach, “rossaneri” himoyachisi Teo Ernandes hakamga qattiq bosim bilan shikoyatlar qildi.

O‘yinni boshqarib borgan referi Luka Pairetto frantsiyalik himoyachining gaplaridan so‘ng, unga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Italiya futbol federatsiyasi bu holat yuzasidan qaror chiqardi. Unga ko‘ra, Teo “hakamga noo‘rin tarzda jiddiy hurmatsizlik bilan tanqid qilgan”,- deb topildi va 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Ernandes A Seriyada "Udineze" va "Bolonya"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!