Hakam futbolchining oyoqlari orasiga zarba berdi va ...

  • 4 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksikalik hakam futbolchining oyoqlari orasiga tepgani uchun 15 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Tecno

Yakshanba kuni Meksika chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Amerika" - "Leon" uchrashuvida (2:2) bosh hakam Fernando Ernandes "Leon" futbolchisi Lukas Romeroni raqibning urgan golidan noroziligini aytganidan so‘ng unga tizzasi bilan zarba bergan.

Meksika futbol federatsiyasi voqea yuzasidan tergov boshlanganini e’lon qildi. Futbolchiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgani uchun hakam 1 dan 15 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi, shuningdek, 3 dan 51,8 ming Meksika pesosi (166 dan 2867 dollargacha) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Keyinroq hakam ijtimoiy tarmoq orqali uzr so‘radi.

“Kechagi munosabatim uchun muxlislardan va umuman jamoadan, shuningdek, Lukas Romerodan uzr so‘rayman. Men o‘z aybimni bilaman va tartib-intizom qo‘mitasi qabul qiladigan har qanday qarorni qabul qilaman”, — deb yozdi Ernandes instagramdagi sahifasida.

Xabar qilinishicha, o‘yindan so‘ng darhol hakam Lukas Romerodan uzr so‘rash uchun “Leon” klubi avtobusiga borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!