Hakam belgilagan noto‘g‘ri penalti "Turon"ning Jizzaxda mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘ldi

  • 14 mart, 2021, 18:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionati 2-turida "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Turon"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba (1:0) qozondi.

Tecno

O‘yin tengkurashlar ostida kechdi. Birinchi taymda jamoalar qator hujumlar tashkil qilishdi, biroq ikkala jamoa futbolchilari ham darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Ikkinchi taym avvalida uchrashuv bosh hakami "Turon" darvozasiga 11 metrli jarima to‘pi belgiladi. To‘p oldiga yaqinlashgan Shohruz Norxonov penaltini aniq amalga oshirdi. Qolgan vaqt mobaynida mehmonlar raqib jarima maydonida hujumlar tashkil qildi, biroq darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!