Gvardiolani davri o‘tdi deganlar o‘qisin

  • 3 fevral, 2021, 17:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yil «Manchester Siti» uchun omadli yakunlanmadi. Jamoa yil so‘ngida turnir jadvalining kuchli to‘rtligida yo‘q edi. Keraksiz o‘yinlarda ochko boy berilishi, omadsiz start sababli, mutaxassislar Pepning davri yakunlanayotganini taxmin qila boshladi.

Tecno

PEP2

30 dekabr sanasida «Globe Soccer Awards» ispaniyalik murabbiyni XXI asrda faoliyat olib borgan eng kuchli murabbiy, deb e’lon qildi. Gvardiola o‘tkazilgan so‘rovnomada Fergyuson, Mourino va Zidanni ortda qoldirdi. Bu yutuq qahramonimizni o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini qaytarib berdi. Yanvar oyidan vaziyat yaxshilanishni boshladi.

Jamoa Angliya liga kubogi bahsida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu Pep boshchiligidagi "Siti"ning ketma-ket 4-finali. Bundan 40 yil avval, «Liverpul»gina bu tryukni amalga oshirgan edi.

Keyin APL uchrashuvlaridagi omadli seriyaga start berildi. Umumiy hisobda «Siti» ketma-ket 12 ta g‘alabaga erishdi. To‘plar nisbati 31:3. Bu rekordni «shaharliklar» 141 yil ichida ilk bor amalga oshirdi. Yanvar oyida Gvardiola shogirdlari ketma-ket 9 ta o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu 1888 yilda yildan beri tashkil etilayotgan musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijaga aylandi.

APLning navbatdagi turida «Siti» «Byornli» bilan kuch sinashadi. Agar jamoa g‘alaba qozonsa, seriya davom etadi. Pep bu orada o‘z murabbiylik yubileyini nishonladi. U faoliyatidagi 500-g‘alabasi tantana qildi. 2008 yilda murabbiylikka qadam qo‘ygan mutaxassis 673-bor jamoasini maydonga boshlab tushgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, qahramonimiz o‘z jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarning 74 foizida g‘alaba qozongan.

pep

«Bu oson bo‘lmadi. Qanchalar og‘ir bo‘lishini tasavvur qilgan edik, biroq harakat qilishda davom etdik. Qatorasiga 12 ta g‘alabadan so‘ng ham yigitlar g‘alabaga chanqoq. Biz uchrashuvlarda «Siti» libosida to‘p surganimiz uchun g‘alaba qozonmayapmiz. Buning uchun futbolchilarim maydonda jang qilmoqda.»

"Sky Sports" nashri uchun bergan intervyusida Pep klubning yanvar oyidagi fantastik uchrashuvlari sababini keltirib o‘tdi.

«Menga bizning o‘yinimiz juda yoqmoqda. Biz avvalgi o‘yin modelimizga qaytyapmiz. Endi vingerlar yanada kengroq harakat qilmoqda. Qolgan barchasi futbolchilarning mahorati. Mavsum boshida ular bir xil formada emas edi. Shu bois, o‘yinimizda stabillik etishmadi. O‘ylashimcha, mavsum startida biz to‘p bilan juda ko‘p masofa bosib o‘tishga urindik. Endi esa, pastroq temp bilan o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatyapmiz».

Co‘nggi o‘yinlarda «Siti»ning sermahsulligi oshgani rost. Qarshi hujumlar sababli mavsum startida boy berilgan ochkolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan Pep ehtiyotkorroq harakat qilmoqda. 18 yanvar sanasida 50 yoshni qarshi olgan qahramonimiz mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlash ilinjida. U klub turnir jadvalida o‘z o‘rnini yaxshilab olgach, mag‘lubiyatsiz seriyani 19 ta (barcha musobaqalarda) o‘yinga etkazib oldi.

"Clubelo" internet portali esa, uni ayni damdagi dunyoning eng kuchli mutaxassisi, deb e’lon qildi. Omadsizliklar ortida kelgan yaxshi yangiliklar Gvardiolaning ham kayfiyatiga ta’sir qilgan ko‘rinadi. U o‘z tug‘ilgan kunidan 1 hafta o‘tib, ingliz nashrlariga kattagina intervyu berdi. Ushbu suhbat chog‘ida ispaniyalik murabbiy kelajak rejalari haqida ma’lum qildi.

pep

«Albatta, vaqt o‘tishi bilan kuchliroq murabbiyga aylanib boryapman. Bu - haqiqat. Bizning sohamizda tajriba qo‘l keladi. Avvallari tez orada murabbiylikni tark etishimga ishonchim komil edi. Endi esa, o‘z fikrimni o‘zgartirdim. Hozir 50 yoshdaman. Bu fikrlash va katta g‘alabalar qozonish uchun eng qulay palla. Taqdir in’om etgan imkoniyatlarni ko‘kka sovurmaslik uchun oldinga qadam tashlashda davom etmoqchiman».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!