Gvardiolaga Mbappe va Xoland kerak emas. U “avliyo” hujumchi topdi

  • 25 mart, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Serxio Aguero o‘rnini bosa oladigan to‘purar qidirmoqda.

Tecno

Sky Sports nashrining xabar berishicha, Xosep Gvardiola Kilian Mbappe va Erling Xoland singari transferi qimmat va maoshi katta to‘purarlar o‘rniga “Sautgempton”da to‘p tepayotgan Denni Ingzni olishni ma’qul ko‘rmoqda.

Angliyaning hujumchining “avliyolar” bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yarmida yakunlanishi bois yozda uni arzon narxda transfer qilish imkoniyati bo‘ladi.

Denni Ingz oxirgi uch mavsumda Angliya premer-ligasida jami 37 ta gol urib, sakkiz marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!