
Gvardiola “Yunayted”ni necha marta tiz cho‘ktirganini bilasizmi?
Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turini “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi ajoyib derbi yakunlab berdi.
Mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tgan uchrashuvda Fil Foden hisobni ochgan bo‘lsa, Erling Xoland o‘yinning ikkinchi yarmida dubl qayd etdi – 3:0.
Bu bahs Xosep Gvardiolaning “Siti” ustozi sifatida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazgan 30-uchrashuvi bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy bu to‘qnashuvlardan 17 tasini o‘z foydasiga hal qilgan.
“Manchester Yunayted” Xosep Gvardiolaga eng ko‘p yutqazgan ikkinchi jamoa bo‘lib turibdi. Bu borada Gvardioladan eng ko‘p aziyat chekkan klub “Arsenal” hisoblanadi. “Shaharliklar” mahoratli bosh murabbiy qo‘l ostida “kanonirlar”ni 20 marta tiz cho‘ktirgan.
Fikrlar