
Gvardiola Xolandga yangi jamoa tanlab berdi
“Manchester Siti” keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland bilan amaldagi shartnomani 2034 yilning yozigacha uzaytirgan edi.
Biroq bu norvegiyalik to‘purar shartnomaning oxirigacha Manchesterda qolishini kafolatlamaydi. Keyingi paytda 24 yoshli futbolchining nomini “Real” va “Barselona” kabi grand klublar bilan ko‘p bog‘lashyapti.
El Nacional nashrining yozishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu masalani o‘z shogirdi bilan muhokama qilgan. Ispaniyalik mutaxassis futbolchiga agar jamoani almashtirishga to‘g‘ri kelsa, “Real”ga emas, balki o‘zining sobiq jamoasi “Barselona”ga o‘tishni maslahat bergan.
Gvardiola Xolandga agar “Barselona”ga o‘tsa, jamoaning asosiy etakchisi va eng yorqin yulduzi bo‘lishini ta’kidlagan.
Xoland ayni paytda jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Norvegiyalik to‘purar joriy mavsumda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 30 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar