
Gvardiola: Xavi bir kun kelib albatta "Barselona"ni boshqaradi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"dagi sobiq shogirdi Xavi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ertami kechmi bu baribir sodir bo‘ladi, Xavi “Barselona” bosh murabbiyi bo‘ladi. Hozir u judayam yosh, lekin bir kun bu bo‘ladi. Xavi futbolga yaxshi tushunadi va bor e’tibori bilan ishlaydi”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning “Al-Sadd” klubini boshqarmoqda. U o‘z intervyularida bir kun kelib “Barselona”ni boshqarish niyatida ekanligini doim ta’kadlaydi.
Fikrlar