Gvardiola: Uning jamoamda o‘ynagani, menga omad keltirdi

  • 23 fevral, 15:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" jamoasida argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan birga ishlagan davrini xotirladi.

- Faoliyatimda Messi mening jamoamda o‘ynagani menga omad keltirdi. Biz bir necha yil birgalikda mehnat qildik. Bu ajoyib davr edi, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Messi va Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" Chempionlar Ligasini ikki marta qo‘lga kiritgan, shuningdek, uch karra Ispaniya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.

54 yoshli murabbiy "Manchester Siti"ni 2016 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyining oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!