Gvardiola UEFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi murabbiy

  • 31 avgust, 2023, 22:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola UEFA tomonidan 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Mukofot "Manchester Siti" bosh murabbiyiga Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimidan keyin topshirildi.

Sovrin uchun kurashda ispaniyalik mutaxassis Simone Indzagi ("Inter") va Luchano Spaletti ("Napoli»)ni ortda qoldirdi.

Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” o‘tgan mavsumda ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!