
Gvardiola: Ten Xag uchun "Siti" eshiklari doim ochiq
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqarilgan Erik ten Xagni "shaharliklar" safida ko‘rishdan xursand bo‘lishini aytdi.
“Erik uchun eshiklarimiz hamisha ochiq. Istalgan vaqtda! Jiddiy aytyapman! Lekin bu sodir bo‘ladi deb o‘ylamayman. Men uning agentini bilaman, shuning uchun uning bizga kelishida hech qanday muammo yo‘q. Klub tarafdan ham, men tarafdan ham", - dedi Gvardiola.
Angliya Premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, “Manchester Yunayted” rahbariyati Erik ten Xagni istefoga chiqardi. "Qizil iblislar" joriy mavsumda 11 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Erik ten Xag o‘z vaqtida "Bavariya"da Xosep Gvardiolaga yordamchilik qilgan.
Fikrlar