
Gvardiola “Siti” inqiroziga sabab bo‘lgan eng katta xatosini oshkor qildi
Ketma-ket to‘rt marotaba Angliya Premer-ligasi chempionligiga sazovor bo‘lgan “Manchester Siti” joriy mavsum o‘z unvonini “Liverpul”ga boy berib qo‘ydi.
“Shaharliklar” gegemonligining sinishiga jamoa chempionatning birinchi qismida duch kelgan inqiroz sabab bo‘lganini hamma biladi.
Xosep Gvardiola bu borada bosh murabbiy sifatida katta xatoga yo‘l qo‘yganini endi tushunib etganini e’tirof etdi.
- Endi Niko O’Raylini nega noyabr, dekabr, yanvar va fevralda o‘ynatmadim ekan, deb o‘ylab qolyapman. Jeyms MakEyti borasida ham shu gap. Men ularni maydonga tushirishim kerak edi.
O‘sha payt men ularni hali katta uchrashuvlarga tayyor emas, deb o‘ylagandim. Endi nimalar bo‘layotganiga bir qarang. Ular tayyor ekan, shuning uchun ham maydonda, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar