
Gvardiola nega Nuneshni qanot himoyada o‘ynatayotganini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Mateus Nunesh haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, portugaliyalik futbolchi chap qanot himoyasida yuqori saviyada o‘ynay oladi.
"Nunesh jismonan kuchli bo‘lgani uchun yaxshi o‘ng qanot himoyachisiga aylanishi mumkin. Menimcha, u markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynashi kerak bo‘lmagan futbolchi, chunki u etarlicha aqlli va tartibli emas. Unda ajoyib ko‘nikmalar bor va u ko‘p narsani o‘rganmoqda. Ko‘pincha, qanot himoyachilari uzoq ustunga uzatilgan paslarda xatoga yo‘l qo‘yadi, ular vaziyatni ko‘rib qolmaydi. Ammo Nuneshda bu pozitsiyada o‘ynash uchun kerakli jismoniy imkoniyatlar bor", – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni "Manchester Siti" "Manchester Yunayted" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Fikrlar