
Gvardiola mashhur shogirdi o‘rnida 17 yoshli futbolchini o‘ynatmoqchi
“Manchester Siti” yulduzilaridan Bernardu Silva yozda jamoa bilan shartnomani uzaytirgan bo‘lsa-da, mavsum yakunlanishi bilan bshqa klubga o‘tib ketishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining shartnomasida har qanday klub uni 2024 yilning yozida 50 million evroga transfer qilish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Tabiiyki, kimmatbaho o‘yinchi uchun bunday summa belgilangani xaridorlarga imkoniyat sifatida baholanmoqda.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola hozirdan Bernardu Silva o‘rnini bosadigan o‘yinchi topib qo‘ydi. Ispaniyalik mutaxassis PSJda porlay boshlagan 17 yoshli Uorren Zair-Emerini Angliya Premer-ligasiga olib kelmoqchi.
PSJ tarbiyalagan o‘yinchining transfer summmasi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar