
Gvardiola “Manchester Siti”ni kuchaytiradigan baquvvat o‘yinchi topdi
“Manchester Siti” zamonaviy futbolda eng kuchli tarkibga ega jamoalardan hisoblanadi. Biroq bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibni yanada kuchaytirish mumkin, degan fikrda.
Buning uchun ispaniyalik murabbiyning o‘zi yangi o‘yinchi tanlab qo‘ydi. Gvardiolaga Portugaliya chempionatida “Sporting” sharafini himoya qilayotgan Usmon Diomandening o‘yini ma’qul kelmoqda.
Gvardiola 20 yoshli markaziy himoyachini anchadan beri kuzatib keladi. Bo‘yi 190 santimetr bo‘lgan Usmon jismonan baquvvat va tezkor futbolchilar sirasiga kiradi.
Ivuarlik charm to‘p ustasi bugungi kunda 40 million evroga baholanmoqda. Usmon professional faoliyatining dastlabki bosqichini Daniya chempionatida o‘tkazgan. Mutaxassislar iste’dodli futbolchi kuchli beshlik ligalarida o‘ynashga qodir, degan xulosani bermoqda.
Usmon Diomandening “Sporting” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Agar “shaharliklar” yozda bu o‘yinchini transfer qiladigan bo‘lsa, yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar