Gvardiola: "Manchester Siti"da shuncha vaqt ishlab kelayotganimdan hayratdaman

  • 30 oktabr, 2024, 09:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" boshqaruvida uzoq vaqt qolayotganidan hayratda ekanini tan oldi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yilning yozidan buyon "Siti"ni boshqarib kelmoqda.

Tecno

U APL klubiga o‘tishdan oldin "Bavariya" hamda "Barselona" klublarini boshqargan va u erda mos ravishda uch va to‘rt yil ishlagan. Premer-liganing boshqa klublarida tez-tez murabbiy almashayotganidan hayron bo‘lasizmi, degan savolga Gvardiola quyidagicha javob berdi:

"Yo‘q, lekin men "Manchester Siti"da shuncha vaqt ishlaganimdan hayratdaman. Zamonaviy futboldagi to‘qqiz yil haqiqatan ham uzoq vaqt", - dedi Pep "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Eslatib o‘tamiz, Angliya liga kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Tottenxem" va "Manchester Siti" jamoalari uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
30/10/2024 17:45
Pep endi Terma jamoa olib chempion bulsa tarixdagi eng zur murabbiyga aylanadi