
Gvardiola Keyin de Bryuyneni ketkazish fikri kimdan chiqqanini oshkor qildi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola belgiyalik yulduz Kevin de Bryuyne bilan xayrlashish qarori kimga tegishli ekani va uning sabablarini keltirib o‘tdi.
- Qaror klub tomonidan qabul qilindi. Klub nima bo‘lganda ham klub. Qaror menga, Chiki Begisristayn va klubga tegishli. Hamma gap shunda. Klub oldinga qarab harakat qilishi kerak.
Erishilgan ko‘rsatkichlarni takrorlash qiyin bo‘ladi, lekin biz boshqa sifatlarni ham topishimiz lozim. Jamoa mavsumni qanday yakunlashiga qaraymiz. Kevin shartnomasi tugayotgan yagona futbolchi. Qolganlarning bitimi amalda. Ular bilan nima qilishni hali o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q.
Klub Kevin de Bryuynega hamma narsani berdi, u ham jamoaga borini bag‘ishladi. Bu erda o‘tkazilgan yillarni xotirlash yoqimli tuyg‘ularni beradi va buni unutib bo‘lmaydi, - dedi Xosep Gvardiola.
Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ga 2015 yili “Volfsburg”dan 76 million evroga olib kelingan. Mohir pleymeyker “shaharliklar” safida 18 ta sovringa ega bo‘ldi.
Fikrlar