
Gvardiola yana bir zo‘r futbolchini tanladi
“Manchester Siti” Evropaning eng kuchli jamoasiga aylanganini Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urib isbotladi.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibni yanada kuchaytirmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis maydon markazidagi ustunlikni ushlab turish uchun “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmixni olib kelmoqchi.
The Sun nashrining yozishicha, “shaharliklar” bu transferni amalga oshirishda “Bavariya”da ijara asosida o‘ynayotgan Joau Kanseluning yordamiga tayanmoqchiyu
Kimmixga “Real” va “Barselona” kabi grandlardan ham taklif bo‘lyapti. Yozuaning o‘zi Myunxendan ketmoqchi emas. Lekin “Manchester Siti” darajasidagi qudratli klubning ishga aralashuvi germaniyalik o‘yinchining fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlar