Gvardiola Husanovning o‘yinidan mamnunmi?

  • 15 fevral, 23:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis milliy terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov haqida qisqa fikr bildirib o‘tdi. 
 
"Bugungi uchrashuvda hujum chizig‘idagi tezlik va intensivlik menga yoqdi. Shu bilan birga, Niko Gonsales va Abdukodir Xusanov ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. 
 
Biz kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun bunday o‘yinlarda yutishimiz kerak. Muxlislarimizni xursand qilgan holda, uyga jo‘natish uchun shunday o‘yin namoyish qilishimiz lozim" - dedi tajribali murabbiy. 
 
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar navbatdagi to‘qnashuvini Chempionlar ligasining pley-off javob bahsida "Real Madrid"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!