Gvardiola “Evro-2024”dan superfutbolchi tanladi

  • 12 iyul, 2024, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Germaniyada davom etayotgan Evropa chempionatini kuzatish orqali o‘z jamoasiga mos o‘yinchilarni saralamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassisga o‘z hamyurti Dani Olmoning o‘yini juda ma’qul kelgan. “Shaharliklar” ustozi “Leyptsig” hujumkor futbolchisi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishini istayapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, Olmoni yozda  60 million evroga transfer qilish imkoni bor. Biroq shartnomadagi bu band 15 iyulga qadar amal qiladi.

Olmoning Bundesliga klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan 26 yoshli yarim himoyachi yakunlangan mavsumda Germaniya chempionatida 21 ta uchrashuvda to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!