
Gvardiola durangdan keyin: "Everton" 8 kishi bo‘lib himoyalandi"
APL 18-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Everton" uchrashuvida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Bahsdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida manchesterliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"O‘yin yaxshi kechdi. So‘nggi 3 bellashuvda yaxshi harakat qildik, bu menda ijobiy taassurot qoldirdi. O‘z uyimizda ochko yo‘qotganimiz yomon bo‘ldi. Biz doim o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.
"Everton" 8 kishi bo‘lib himoyalandi. Bunday vaziyatlarda hujumkorlikni to‘xtatmaslik lozim. Umuman olganda, biz shunday qildik ham.
Ular urgan gol juda chiroyli chiqdi, bu bilan raqibni tabriklayman. Lekin umuman olganda biz yaxshi o‘ynadik",-dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar