Gvardiola chempionlik kurashidan chiqqanini tan oldi

  • 7 dekabr, 2024, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 15-turida amaldagi chempion “Manchester Siti” safarda “Kristal Pelas” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Xosep Gvardiola shogirdlari ikki bor hisobda ortda qolib, katta mashaqqatlar evaziga bir ochkoga ega bo‘ldi.

Ispaniyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bir ochko oldik. Biz aqlbovar qilmas darajada kurash olib bordik va ikki marta hisobni tenglashtirdik. Bu azob-uqubat mavsumi bo‘lyapti. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz. Raqib maqtovga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Bunaqa natijalar bilan biz sovrin uchun kurash haqida gapirishga ham loyiq emasmiz. Jarohatdagi o‘yinchilarni tezroq tiklashga urinamiz. Barqarorlikni yo‘lga qo‘ymasak bo‘lmaydi. Hozirgi ahvolimizda bu juda qiyin masala.

Shogirdlarimdan mamnunman ular qo‘lidan kelganicha kurashdi va buni uddaladi, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” 15 ta uchrashuvda 27 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!