
Gvardiola, ten Xag, Xavi. Mavsumning eng yaxshi murabbiylari bilan tanishing
Luchano Spaletti Evropada mavsumning eng yaxshi murabbiylari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
"Goal" nashri eng yaxshi 21 nafar murabbiy reytingini tuzib chiqdi. Ularning 2022/23 yilgi mavsumdagi ish sifati baholandi.
"Goal.com" talqini bo‘yicha Evropaning eng yaxshi 21 murabbiyi:
21. Marko Roze, "Leyptsig", Bundesligada uchinchi o‘rin;
20.Raffaele Palladino, "Montsa", A Seriyada 10 o‘rin;
19. Gari O’Nil, "Bornmut", Premer-ligada 15 o‘rin;
18. Yagoba Arrasate, "Osasuna", La Ligada 7 o‘rin;
17. Kristian Shtrayx, “Frayburg”, Bundesligada 5 o‘rin;
16. Xose Luis Mendilibar, “Sevilya”, La Ligada 11 o‘rin, Evropa Ligasi g‘olibi;
15. Imanol Alguasil, "Real Sosedad", La Ligada 4 o‘rin;
14. Simone Indzagi, “Inter”, “A” seriyada 3 o‘rin, Chempionlar ligasi finalchisi;
13. Erik ten Xag, "Manchester Yunayted", Premer-ligada 3 o‘rin;
12. Paskal Gasten, "Klermon", Liga 1da 8 o‘rin;
11. Eddi Xou, "Nyukasl", Premer-ligada 4 o‘rin;
10. Unai Emeri, "Aston Villa", Premer-ligada 7 o‘rin;
9. Mauritsio Sarri, “Latsio”, A seriyada 2 o‘rin;
8. Mikel Arteta, "Arsenal", Premer-ligada 2 o‘rin;
7. Roberto De Zerbi, “Brayton”, APLda 6 o‘rin;
6. Urs Fisher, "Union" Berlin, Bundesligada 4 o‘rin;
5. Xavi, "Barselona", La Ligadagi g‘alaba va Ispaniya Superkubogi;
4. Arne Slot, "Feyenoord", Niderlandiya chempionati g‘olibi;
3. Pep Gvardiola, “Manchester Siti”, Premer-liga g‘alabasi, Chempionlar ligasi finali, Angliya kubogi finali;
2. Frank Es, "Lans", Liga 1da 2 o‘rin;
1. Luchiano Spaletti, "Napoli", A Seriya g‘alabasi.
Fikrlar