Gvardiola – eng zo‘r murabbiy

  • 6 sentabr, 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ahli” sharafini himoya qilayotgan mashhur futbolchi Riyod Mahrez o‘zi avval o‘ynagan “Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Jazoirlik yulduz 2018-2023 yillar davomida ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “shaharliklar” jamoasida yulduzli onlarini o‘tkazgan va keyin Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan.  

- Men Xosep Gvardiolani eng zo‘r murabbiy, deb hisoblayman. U menga yangi cho‘qqilarni zabt etishiga yordam bergan. Odamlarning uning qanchalar zo‘r murabbiy ekanini tasavvur qila olmaydi.

Ba’zan o‘rtamizda kelishmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqardi. Lekin men doim uning tanloviga hurmat bilan munosabatda bo‘lganman.Hatto ko‘proq o‘ynashni istaganimda va undan xafa bo‘lganimda ham hurmatni yo‘qotmaganman.

Xosep Gvardiola murabbiy sifatida, ayniqsa, o‘yinga taktika tanlashda benazir mutaxassis, - dedi Riyod Mahrez qadrdon ustozi  haqida.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!