"Guanchjou Evergrand" Mourinoga qancha maosh taklif qilgan edi?

  • 7 iyul, 2019, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor bundan avvalroq portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubidan bo‘lgan taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 56 yoshli murabbiyga 100 mln evrolik shartnoma taklif qilishgan. Agar Mourino "Guanchjou Evergrand"ni boshqarishga rozilik bildirganida, yiliga 31 mln evro maosh olishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino o‘zini terma jamoalarda sinab ko‘rmoqchiligi haqida gapirib o‘tgan edi. Uning Xitoy terma jamoasini boshqarish ehtimoli ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!