Grizmann "Barselona"dagi faoliyatini yodga oldi

  • 22 aprel, 2023, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann “Barselona”da o‘tkazgan davrlarini esladi. Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi 2019 yildan 2021 yilgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.

Tecno

“Barselona”dagi birinchi mavsumim juda qiyin o‘tgan. O‘shanda men zaxirada o‘tirganman, kam o‘ynaganman, boshqacha taktika va pozisiyada ham o‘ynashga majbur bo‘lganman. Men hammasiga ko‘nikishim kerak edi”, — dadi Grizmann DAZN nashriga bergan intervyusida.

Antuan Kataloniya jamoasi tarkibida jami 102 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2021 yilning avgustida yana Madrid klubiga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!