Grizmann "Barselona" uchun so‘nggi chora bo‘ladi

  • 6 iyul, 2021, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanni sotishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yaqin vaqtgacha Kataloniya klubi frantsuzni "daxlsiz" deb bilar edi. "Barsa" duch kelgan jiddiy moliyaviy muammolar klub rahbariyatini bu borada fikrlarini o‘zgartirishga majbur qildi. Chunki jarohatlar tufayli klub Filippe Koutino va Usmon Dembeleni sota olmaydi.

Hozirda "Barcelona"ga yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi xavfi mavjud. Grizmanni sotish esv klub tomonidan ushbu vaziyatga echim sifatida qaralmoqda. Ammo bu variant faqat so‘nggi chora sifatida qo‘llaniladi.

30 yoshli Grizmann o‘tgan mavsum La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 13 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!