
Grizmann "Atletiko"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgani haqida gapirdi
Bugun tunda bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" bahsi "qaymoqranglilar"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Mazkur bellashuvda gol urgan Antuan Grizmann "matraschilar" safidagi umumiy gollari sonini 174 taga etkazib oldi va klub to‘purariga aylandi. Bundan oldingi eng yaxshi natija 173 gol urishga muvaffaq bo‘lgan Luis Aragonesga tegishli edi.
"Men uchun bu aqlbovar qilmas natija. Klub tarixida eng yaxshi to‘purar bo‘lganimdan faxrlanaman va "Atletiko" bilan yanada yuqori maqsadlar sari olg‘a qadam tashlashga tayyorman", - deydi frantsiyalik hujumchi o‘zining to‘purar bo‘lgani haqida.
Fikrlar